Migratsiya agentligi rahbari o‘rinbosari Elyor Toshtemirov boshchiligidagi ishchi guruh Buxoro viloyatida sayyor qabul o‘tkazdi va xalqaro mehnat bozori uchun mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan loyihalar bilan tanishdi.
2026-07-06 12:30:00 / Yangiliklar

📝 Qabulda 48 nafar fuqaro ishtirok etdi. Murojaatlarda asosan xorijda ishga joylashish, mehnat huquqlarini himoya qilish, xorijdan qaytgan fuqarolarni bandlikka yo‘naltirish, kasb-hunar va til kurslarida o‘qish hamda xorijda ishlash uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirish masalalari ko‘tarildi. Ulardan 20 tasi joyida hal etildi, qolgan murojaatlar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda.
📚 Shuningdek, rahbar o‘rinbosari Rossiyaning «Obneftremont» va «Yevrokor» tashkilotlari bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan bepul kasbiy o‘quv kurslari hamda Ruminiyaning «Remarkable Consulting» kompaniyasi talablari asosida tashkil qilingan Code-95 dasturining o‘quv jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.
🚛 Code-95 dasturi Yevropa davlatlarida xalqaro yuk tashuvlari sohasida faoliyat yuritish uchun zarur malaka va sertifikatni qo‘lga kiritish imkonini beradi. Boshqa o‘quv kurslari esa neft-gaz, qurilish va boshqa talab yuqori bo‘lgan sohalar uchun mutaxassislar tayyorlash hamda xorijda yuqori daromadli ish o‘rinlari bilan ta’minlashga qaratilgan.



