Xorijdagi yurtdoshlar uchun “Vatan sadosi” tanlovi boshlandi!
2026-07-03 09:05:00 / OAV biz haqimizda

Xorijda yashayotgan va mehnat qilayotgan o‘zbekistonliklar qo‘shiqchilik yoki milliy cholg‘u ijrochiligi bo‘yicha respublika tanlovida ishtirok etishi mumkin.
🏆 Mukofotlar:
🥇 100 mln so‘m
🥈 80 mln so‘m
🥉 50 mln so‘m
📅 Arizalar iyul oyi oxirigacha qabul qilinadi.
Ishtirok etish uchun:
• xorijdaish.uz saytida ro‘yxatdan o‘ting;
• «Vatan sadosi» tanlovi uchun ariza to‘ldiring;
• Jonli ijro videosini havola (link) orqali yuboring.
🏅 G‘oliblar O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi arafasida e’lon qilinadi.
Manbaa: @migrantlar24
