XORIJDAGI YURTDOSHLAR UCHUN KATTA IMKONIYAT!
2026-07-02 20:40:00 / Yangiliklar

🤝 Migratsiya agentligi hamda Madaniyat vazirligi hamkorligida o‘tkazilayotgan mazkur tanlov milliy qo‘shiqchilik va cholg‘u ijrochiligi san’atini targ‘ib qilish, iste’dodli yurtdoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ijodiy salohiyatini namoyon etishga xizmat qiladi.
🎶 Agar siz qo‘shiq ijro etsangiz yoki milliy cholg‘u asboblarida mahorat bilan kuy chalsangiz, ushbu tanlovda ishtirok etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang.
🏆 Munosiblar quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
🥇 1-o‘rin — 100 million so‘m
🥈 2-o‘rin — 80 million so‘m
🥉 3-o‘rin — 50 million so‘m
📆 Arizalar iyul oyi oxiriga qadar qabul qilinadi.
🏅 G‘oliblar Madaniyat vazirligining maxsus komissiyasi tomonidan aniqlanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bayrami arafasida tantanali ravishda e’lon qilinadi.
Tanlovda ishtirok etish tartibi:
Avvalo xorijdaish.uz platformasida ro‘yxatdan o‘ting;
Shaxsiy kabinetingiz orqali “Vatan sadosi” respublika ko‘rik-tanlovi uchun ariza to‘ldiring va ishtirok yo‘nalishini (qo‘shiqchilik yoki cholg‘u ijrochiligi) tanlang;
Ijro etadigan asaringiz nomini kiriting;
Jonli ijro qilingan videoni YouTube, Instagram, Telegram, TikTok, Facebook, VK, Odnoklassniki, Rutube yoki Google Drive platformalaridan biriga yuklang;
Video havolasini (linkini) arizadagi "Video havolasi" maydoniga kiritib, arizangizni yuboring.
🌍 Qayerda bo‘lishingizdan qat’i nazar, iste’dodingizni namoyon eting, milliy san’atimizni yanada keng targ‘ib qiling va “Vatan sadosi” respublika ko‘rik-tanlovining g‘olibi bo‘ling!
📢 Xabarni xorijda ishlayotgan do‘stingizga yuboring!
