Faol yoshlar — kuchli jamoaning asosi
2026-07-03 09:20:00 / Yangiliklar

🤝 Migratsiya agentligi rahbari Behzod Musayev Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari bilan uchrashib, mehnat migratsiyasi sohasini takomillashtirish hamda xorijda ishlash istagida bo‘lganlarni tayyorlashda qaysi jihatlarga e’tibor qaratish lozimligi bo‘yicha takliflarini tingladi.
💬 Muloqotda talabalarning tashabbuslari, zamonaviy yondashuvlari va sohaga oid fikrlari muhokama qilindi.
👏 Shuningdek, Agentlikda 3 oydan buyon amaliyot o‘tayotgan va ishga bo‘lgan ishtiyoqini namoyon etgan talabalardan birini belgilangan tartibda ishga qabul qilish tavsiya etildi.
