SAYYOR QABUL
2026-06-30 19:30:00 / E’lonlar

2026-yil 1-iyul kuni soat 16:00 da Migratsiya agentligi direktori o‘rinbosari Elyor Toshtemirov ishtirokida Buxoro shahar "Kasbiy ko‘nikmalar markazi"da Buxoro viloyati fuqarolari uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.
👉 Mazkur tadbir fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, mehnat migratsiyasi sohasiga oid muammolarni o‘rganish hamda ularga amaliy yechim topish maqsadida tashkil etilmoqda. Sayyor qabul davomida fuqarolar o‘z murojaatlari, taklif va muammolari bilan bevosita ishtirok etishlari mumkin. Shuningdek, tadbirda ZOOM platformasi orqali onlayn ishtirok etish imkoniyati ham yaratilgan.
Ushbu havola orqali ulaning 👇👇👇
https://zoom.
📍 Manzil: Buxoro shahri, Piridasgir ko‘chasi, 13-uy, "Kasbiy ko‘nikmalar markazi".
Murojaat uchun: +998 94 328 05 55 — Samoyiddin Beshimov
🧳 Muhim eslatma: Sayyor qabulga tashrif buyuruvchi fuqarolardan o‘zlari bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarini olib kelishlari so‘raladi.
