ITALIYADA ISHLASH IMKONIYATLARI
2026-06-29 16:30:00 / Yangiliklar

"Italiyaga qonuniy kirish yo'llarini rivojlantirish – uchinchi davlat fuqarolari uchun jo'nab ketishdan oldingi tayyorgarlik va Italiya mehnat bozoriga integratsiyalashuv" loyihasi Italiya Respublikasi Mehnat va ijtimoiy siyosat vazirligi tashabbusi bilan amalga oshirilmoqda hamda ushbu vazirlikning Sviluppo Lavoro Italia (SLI) agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi hamkorligida ijro etilmoqda.
Mazkur loyiha O‘zbekiston fuqarolariga Italiyada xavfsiz, qonuniy va shaffof tarzda mehnat faoliyatini amalga oshirish imkoniyatini yaratadi.
Loyiha doirasida Italiya ish beruvchilari va O‘zbekiston fuqarolari aniq hamda shaffof tanlov jarayoni orqali o‘zaro bog‘lanadi. Jarayon nomzodlarni saralash, O‘zbekistonda jo‘nab ketishdan oldingi tayyorgarlik kurslarini tashkil etish hamda Italiyada ishga joylashishni qo‘llab-quvvatlashni o‘z ichiga oladi.
Loyiha maqsadlari
Loyiha quyidagi maqsadlarni ko‘zlaydi:
- Italiyada qonuniy mehnat qilish imkoniyatlarini kengaytirish;
- Italiya ish beruvchilarining malakali ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish;
- nomzodlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish;
- xavfsiz va tartibli mehnat migratsiyasini ta'minlash.
Loyiha qanday amalga oshiriladi?
Loyiha quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
- Italiya ish beruvchilaridan mavjud bo‘sh ish o‘rinlarini qabul qilish;
- Migratsiya agentligi tomonidan tegishli malaka va ish tajribasiga ega nomzodlarni dastlabki saralash;
- nomzodlarning Italiya ish beruvchilari bilan suhbatdan o‘tishi;
- tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar uchun O‘zbekistonda jo‘nab ketishdan oldingi tayyorgarlik kurslarini tashkil etish (italyan tili, mehnat qonunchiligi, mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi, kasbiy tayyorgarlik);
- Italiyaga kirish hujjatlarini rasmiylashtirish va ishga joylashish jarayonida ko‘maklashish.
Mavjud bo‘sh ish o‘rinlari
Ushbu bo‘limda loyiha doirasida Italiyada mavjud bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlari e'lon qilinadi. Bo‘sh ish o‘rinlari muntazam ravishda yangilanib boriladi.
Nomzodlar faqat Migratsiya agentligi orqali, har bir vakant ish o‘rni bo‘yicha ko‘rsatilgan tartib asosida ariza topshirishlari mumkin.
- Elektr jihozlarini o‘rnatuvchi (montajchi)
- Qurilish ishchisi
- Metall payvandlovchisi
- Tozalash xizmati xodimi
- Dasturiy ta’minot ishlab chiquvchisi
- Qum purkash uskunasi operatori / metall bo‘yovchisi
- Santexnika, isitish tizimlari va umumiy texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishchi
- Texnik chizmachi
- Ma’muriy yordamchi
Kimlar topshira oladi?
Loyihada quyidagi talablarga javob beradigan O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etishlari mumkin:
- e'lon qilingan ish o‘rni uchun zarur malaka va ish tajribasiga ega bo‘lish;
- O‘zbekistonda tashkil etiladigan jo‘nab ketishdan oldingi tayyorgarlik dasturida ishtirok etishga tayyor bo‘lish.
Loyihada ishtirok etish faqat rasmiy tartib-taomillar asosida amalga oshiriladi. Jarayonda xususiy vositachilar ishtirok etmaydi.
Qanday ariza topshiriladi?
Ariza topshirish uchun:
- mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishing;
- har bir vakant ish o‘rni bo‘yicha ko‘rsatmalarni diqqat bilan o‘qing;
- arizangizni Migratsiya agentligining rasmiy veb-sayti orqali yuboring.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining roli
Migratsiya agentligi loyiha doirasida quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
- bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi e'lonlarni joylashtirish;
- nomzodlarni dastlabki saralash;
- saralash jarayonida nomzodlarga maslahat va amaliy ko‘mak berish.
Xarajatlar
Nomzod tomonidan qoplanadi:
- viza rasmiylashtirish xarajatlari;
- Italiyaga borish transport xarajatlari.
Ish beruvchi tomonidan qoplanadi:
- ishga qabul qilish jarayoni bilan bog‘liq xarajatlar;
- Italiya qonunchiligiga muvofiq talab etiladigan majburiy tekshiruvlar (zarur bo‘lganda);
- saralash jarayonidagi amaliy sinovlar;
- Italiyaga kelgandan keyin qonunchilikka muvofiq talab etiladigan boshqa xarajatlar.
Loyihada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish to‘lovi mavjud emas. Shuningdek, hech qanday vositachiga to‘lov amalga oshirilmaydi.
Bog‘lanish
Qo‘shimcha ma'lumot olish uchun Migratsiya agentligining ushbu rasmiy veb-saytida keltirilgan aloqa ma'lumotlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.
