O‘zbekistonliklar endi Shvetsiyaga ishga yuboriladi
2026-06-11 16:00:00 / OAV biz haqimizda

Migratsiya agentligining xabar qilishicha, ikki davlat o‘rtasida imzolangan hujjatlar o‘zbekistonliklar uchun Shvetsiyada qonuniy ishlash, o‘qish va yashash imkoniyatlarini tartibga soluvchi davlat tomonidan kafolatlangan huquqiy mexanizm hisoblanadi.
Unga ko‘ra:
• tibbiyot, texnika, xizmat ko‘rsatish va parvarishlash sohalarida malakali mutaxassislarni Shvetsiya mehnat bozoriga tayyorlash bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi;
• o‘zbekistonlik nomzodlarni shved ish beruvchilari bilan bog‘lash mexanizmlari yaratiladi;
• talabalar, doktorantlar va yosh tadqiqotchilar uchun akademik almashinuv imkoniyatlari kengayadi;
• migratsiya ishtirokchilari va ularning oila a’zolari huquqlarini himoya qilish bo‘yicha qo‘shimcha kafolatlar joriy etiladi;
• viza tartiblarini soddalashtirish hamda diplomatik pasport egalari uchun 30 kunlik vizasiz rejim joriy etiladi;
• noqonuniy migratsiya, odam savdosi va hujjatlarni qalbakilashtirishga qarshi qo‘shma mexanizmlar kuchaytiriladi.
Shuningdek, Xalqaro migratsiya tashkiloti ishtirokida pilot dastur amalga oshirilib, Shvetsiya mehnat bozori ehtiyojlari o‘rganiladi, shved tili va kasbiy tayyorgarlik dasturlari yo‘lga qo‘yiladi.
Manbaa: @nova24uz, @gazetauz, @kunuzru, @qalampir, @uznews, @migrant_mobile, @UzReport_uz.
Videolavhalarni ko‘rish uchun quyidagi havolalar ustiga bosing:
https://www.instagram.com/reel/DZcGhoqIqeV/?igsh=dGc1MmtpMzYwOWx4
https://www.instagram.com/p/DZbyPettnM5/?igsh=MTR6cHFyaHNqMWxnZg==
https://www.instagram.com/p/DZcQzO_itd1/?igsh=MTQzcWtiZ3V4NDJwZQ==
https://www.instagram.com/p/DZcB8QNn47D/?igsh=MXJ5cHV3ZnZrem13ZA==
