Yangi yo'nalish: Fransiyada mavsumiy qishloq xo’jaligida ish
2026-06-12 18:25:00 / E’lonlar

👉🏻 Ish turi: meva va sabzavot dalalarida hosil terish
📍 Ish joyi: Fransiyaning Maine-et-Loire va Rhône hududlari
🗓 Ish boshlanish vaqti:
— meva dalalarida joriy yil 17-avgust
— sabzavot dalalarida 1-oktyabr
Nomzodlar uchun talablar:
💢 25–45 yoshdagi, sudlanmagan erkak va ayollar;
💢 fransuz tilini muloqot darajasida bilish;
💢 qishloq xo‘jaligi sohasida kamida 3 yillik tajriba.
💷 Oylik maosh: oyiga 1650 € (qo‘lga tegadi)
Nomzod hisobidan xarajatlar:
📍 Viza uchun to‘lov (Fransiya elchixonasi to‘lovi): 99 € (milliy viza turi uchun) + TLS Contact markazi xizmati;
📍 aviachipta;
📍 yotoqxona va transport – oyiga 275 €;
📍 oziq-ovqat xarajatlari.
🧮 Viza va aviachipta uchun sarflangan mablag‘larning bir qismi Migratsiya agentligi tomonidan qoplab beriladi (nomzod ishga joylashganidan so‘ng).
➡️ Tanlov ish beruvchi vakillari tomonidan onlayn tartibda o‘tkaziladi.
📝 NOMZODLAR XORIJDA ISH PLATFORMASIDA CV TO'LDIRGANLAR ORASIDAN TANLAB OLINADI!
🔗CV TO'LDIRISH
❗️Shoshiling, joylar cheklangan! Anketangizni joriy yil 20-iyungacha "XORIJDA ISH" platformasida shakllantirishingiz kerak.
☎️ Murojaat uchun: 71 202-33-55 (545) yoki 1282 (qisqa raqami)
📢 Yaqinlaringizga tarqating!
📲 So‘nggi yangiliklardan “Xorijda ish” kanali orqali xabardor bo‘lib turing!
