Belarusdagi yosh vatandoshlar bilan muloqot o‘tkazildi
2026-06-11 16:00:00 / Yangiliklar

Minsk shahrida xizmat safarida bo‘lib turgan O‘zbekiston delegatsiyasi Belarus hududida tahsil olayotgan va mehnat faoliyatini olib borayotgan yosh vatandoshlarimiz hamda O‘zbekiston Yoshlar kengashi faollari bilan uchrashdi.
Muloqot davomida Migratsiya agentligi mas’ullari xorijdagi hamyurtlarimizni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi imkoniyatlar haqida so‘z yuritdi.
Shuningdek, Belarusdagi o‘zbekistonlik yoshlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish va Vatan taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi hamda hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflarini bildirdi.




