Vodiylik yoshlar bilan ochiq muloqot
2026-06-11 17:30:00 / Yangiliklar
Yoshlar kuni doirasida Migratsiya agentligi rahbari o‘rinbosari E. Toshtemirov Namangan shahrida xorijda ishlash niyatida tayyorlanayotgan yoshlar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda nemis tilini o‘rganayotgan yoshlar xalqaro sertifikat imtihonlari uchun navbat olishdagi qiyinchiliklarni tilga oldi.
Shu munosabat bilan Migratsiya agentligi hamkorligida Germaniyaning TELC va Avstriyaning ÖSD sertifikatlash markazlarining rasmiy filiallarini joriy yil iyul oyida Namangan viloyatida ochish rejalashtirilgani ma’lum qilindi. Bu yoshlarga imtihonlarni ortiqcha kutishlarsiz topshirish imkonini yaratadi.
Shuningdek, Migratsiya agentligi va Biznesni rivojlantirish banki hamkorligida Marg‘ilonda tashkil etilgan Qurilish sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash markazi rasman ishga tushirildi.
Videoni ko‘rish uchun havola ustiga bosing!
