1-IYUN — XALQARO BOLALARNI HIMOYA QILISH KUNI
2026-06-01 09:00:00 / Bayramlar
Bolalik — inson hayotidagi eng beg‘ubor, eng baxtli va unutilmas davrdir.

Shu sababli ham har bir bolaning sog‘lom, xavfsiz va baxtli muhitda voyaga yetishi jamiyatning eng muhim vazifalaridan biridir.
📖Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni ilk bor 1950-yil 1-iyunda nishonlangan. Ushbu sana bolalar huquqlarini himoya qilish, ularning farovonligi, ta’lim olishi va munosib hayot kechirishi masalalariga jamoatchilik e’tiborini qaratish maqsadida ta’sis etilgan.
🌍 Bugungi kunda bu sana dunyoning ko‘plab mamlakatlarida bolajonlarga mehr va e’tibor ko‘rsatish, ularning huquqlarini himoya qilish g‘oyalarini targ‘ib etuvchi muhim kun sifatida nishonlanadi.
✨ Har bir bolaning baxtli bolaligi, yorqin kelajagi va ulkan orzulari bo‘lishga haqli.
Barcha bolajonlarni Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan samimiy muborakbod etamiz! Ularning quvonchli kulgusi, beg‘ubor orzulari va yutuqlari yurtimizning eng katta boyligidir.
