Xotira va qadrlash kuni
2026-05-09 09:00:00 / Bayramlar

9-may – Xotira va qadrlash kuni mamlakatimizda tarixiy xotirani asrash, Vatan ozodligi va xalq tinchligi yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonlarning jasoratini yod etish hamda ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish maqsadida keng nishonlanadi.
Ushbu sana xalqimiz uchun tinchlik va osoyishtalikning qadrini anglash, ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front ortida mehnat qilgan fidoyilar xotirasini e’zozlash bilan birga, katta avlod vakillariga hurmat ko‘rsatishning muhim timsoli hisoblanadi.
Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ijtimoiy tarmoqlarda bayramning tarixi, uning mazmun-mohiyati, milliy qadriyatlarimizda xotira va ehtirom tushunchalarining o‘rni hamda ajdodlarimiz merosini kelajak avlodga yetkazishning ahamiyatiga oid ma’lumotlarni keng yoritish yoshlarni vatanparvarlik, milliy g‘urur va tarixiy merosga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.
