📢 “VIZA LAB XUSUSIY BANDLIK AGENTLIGI” MChJning faoliyati tugatildi!
2026-06-04 10:50:00 / E’lonlar

“VIZA LAB XUSUSIY BANDLIK AGENTLIGI”ga O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun 2025-yil 29-iyulda berilgan 926213-sonli litsenziya ushbu xususiy bandlik agentligining 2026-yil 29-maydagi 2766728-sonli arizasi asosida tugatildi.
❗️“Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, MChJga fuqarolarni xorijga ishga joylashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish taqiqlanadi.
Hurmatli fuqarolar!
Agar “VIZA LAB XUSUSIY BANDLIK AGENTLIGI” bilan bog‘liq murojaat yoki shikoyatlaringiz bo‘lsa, ularni joriy yilning 3-iyuliga qadar Migratsiya agentligiga taqdim etishingizni so‘raymiz.
☎️ Murojaat uchun: +998 71 202 33 55
(qisqa raqamlar: 171, 711)
