EPS -TOPIK 2026 NATIJALARI MA’LUM BO’LDI
2026-05-26 21:10:00 / E’lonlar

2026-yil 9–12-mart kunlari EPS-Topikning ishlab chiqarish hamda xizmat ko'rsatish 1 sohalari bo'yicha imtihonlarda ishtirok etish uchun jami 8158 nafar nomzod onlayn ro‘yxatdan o‘tgan edi. Shundan, 6468 nafar nomzod 6–23-aprel kunlari EPS-TOPIK imtihonlarida ishtirok etdi.
📊 Koreya Respublikasi Inson resurslarini rivojlantirish xizmati (HRDK) tomonidan Migratsiya agentligiga taqdim etilgan natijalarga ko‘ra:
✅ Ishlab chiqarish sohasi bo‘yicha — 1653 nafar nomzod
✅ Xizmat ko‘rsatish-1 sohasi bo‘yicha — 225 nafar nomzod imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tdi.
👉 Ishlab chiqarish sohasi imtihon natijalari
👉 Xizmat ko'rsatish1 sohasi imtihon natijalari
Izoh: Ranglarni ajratish (daltonizm) bilan bog‘liq muammosi mavjud nomzodlar “Y” belgisi bilan qayd etilgan bo‘lib, ular to‘plagan ballaridan qat’i nazar, imtihondan o‘tmagan deb hisoblanadi.
❗️Testlardan muvaffaqiyatli o’tganlarni SKILL-TEST (malaka imtihoni) ga puxta tayyorgarlik ko‘rishlarida Migratsiya agentligi to’liq qo’llab-quvvatlaydi va bepul o’quv kurslarga taklif qiladi.
📍 Malaka imtihonining aniq vaqti hamda manzili haqida qo‘shimcha ravishda ma’lum qilinadi.
☎️ Murojaat uchun:
📞 71 202-33-55
📞 1282 (qisqa raqam)
