Yaponiya o‘zbekistonlik haydovchilarni ishga taklif qilmoqda
2026-05-22 09:50:00 / OAV biz haqimizda

✔️ Maosh yiliga 35 ming AQSh dollarigacha
Migratsiya agentligi, “Vatanparvar” tashkiloti hamda Yaponiyaning Onodera User Run va Willer Express kompaniyalari hamkorligida o‘zbekistonlik tajribali haydovchilar uchun Yaponiyada ishlash imkoniyati e’lon qilindi.
Dastur doirasida nomzodlar tezyurar avtobus va yuk mashinalari haydovchisi sifatida ishga jalb etiladi.
Xabarda yillik daromad 35 ming AQSh dollarigacha yetishi mumkinligi aytilmoqda.
Nomzodlar 21–38 yoshda bo‘lishi, D, CE yoki BC toifadagi haydovchilik guvohnomalaridan kamida biriga ega bo‘lishi talab etiladi.
Tanlanganlar uchun Toshkentda 10 oylik bepul yapon tili va kasbiy tayyorgarlik kursi tashkil etiladi. Yaponiyada ishchi viza, tibbiy va ijtimoiy sug‘urta hamda turar joy ish beruvchi hisobidan ta’minlanadi.
Tanlov onlayn tarzda o‘tkaziladi.
Manbаa: @uzdiplomat
