Toshkent xalqaro migratsiya forumi aniq natijalar bilan yakunlandi
2026-05-21 20:20:00 / TOSHKENT XALQARO MIGRATSIYA FORUMI – 2026

Yangi davlatlar, yangi ish beruvchilar va yangi imkoniyatlar!
Forumda AQSH, Kanada, Serbiya, Gollandiya, Germaniya, Britaniya, Ruminiya, Xorvatiya, Estoniya, Rossiya, Gruziya, Isroil, Yaponiya, Turkiya va boshqa davlatlar bilan:
✅ yuqori maoshli ish o‘rinlari
✅ qonuniy va xavfsiz ishga joylashtirish
✅ til va kasbga tayyorlash dasturlari bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Forum doirasida: 30 dan ziyod B2B uchrashuvlar o‘tkazildi va 1 ta hukumatlararo deklaratsiya, 2 ta idoralararo hamda 21 ta ish beruvchilar bilan kelishuvlar imzolandi.
