Hech qaysi davlatda kuzatilmagan murojaat: Prezidentdan yoshlarga katta ishonch
2026-05-25 08:00:00 / Yangiliklar

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” bayrami munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevning maktab bitiruvchilariga yo‘llagan murojaati nafaqat samimiy tabrik, balki Yangi O‘zbekiston yoshlariga berilgan ulkan baho va tarixiy ishonch ramzi bo‘ldi.
❗E’tiborlisi, jahon amaliyotida davlat rahbarining maktab bitiruvchilariga bunday keng qamrovli, batafsil va ilhomlantiruvchi murojaat yo‘llashi deyarli uchramaydi. Bu – yoshlarga munosabatda mutlaqo yangi yondashuv.
Davlatimiz rahbari bitiruvchilarni “Uchinchi Renessans bunyodkorlari” deb atadi. Bu shunchaki balandparvoz ibora emas. Bu – mamlakat kelajagini aynan bilimli, tashabbuskor va vatanparvar yoshlar bilan bog‘layotgan davlat siyosati ifodasidir.
Bugun yoshlar uchun:
207 ta oliy ta’lim muassasasi,
startaplar uchun 100 million dollar,
IT va sun’iy intellekt sohasida minglab imkoniyatlar,
tadbirkorlik uchun imtiyozli kreditlar tayyor.
✅ Eng muhimi, bugun Yangi O‘zbekistonda yoshlarga “sen uddalay olasan” degan ishonch berilmoqda.
🏅 Ma’lumot uchun: joriy yil birinchi marta 11 ming nafardan ziyod o‘quvchi maktabni oltin va kumush medallar bilan tamomlamoqda.
