📢 “Workmall xususiy bandlik agentligi" MCHJning faoliyati tugatildi!
2026-05-12 17:00:00 / Yangiliklar

“Workmall xususiy bandlik agentligi"ga O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun 2024-yil 1-yanvarda berilgan 215300-sonli litsenziya ushbu xususiy bandlik agentligining 2026-yil 10-maydagi 2653446-sonli arizasiga asosan tugatildi.
❗️“Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, ushbu MCHJga fuqarolarni xorijga ishga joylashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish ta’qiqlanadi.
📌 Hurmatli fuqarolar!
Agar "Workmall xususiy bandlik agentligi" bilan bog‘liq murojaat yoki shikoyatlaringiz bo‘lsa, ularni joriy yil 30-mayga qadar Migratsiya agentligiga taqdim etishingizni so‘raymiz.
☎️ Murojaat uchun: 71 202 33 55 (qisqa raqam 171, 711)
