Fransiya bilan hamkorlik
2026-04-27 19:40:00 / Yangiliklar

💼 Migratsiya agentligi, Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasi mas’ullaridan iborat delegatsiya Fransiyada hamyurtlarimizni qonuniy va tizimli ishga joylashtirish bo‘yicha muhim uchrashuvlar o‘tkazdi.
🌱 Qishloq xo‘jaligi sohasi
✒️ Fransiya Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari Federatsiyasi (FNSEA) bilan uzumzorlarda mavsumiy ishlarga hamyurtlarimizni jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
📌 Joriy yil yoz oylaridan boshlab pilot loyiha doirasida Fransiyada ishlash istagini bildirgan 50 nafar nomzod ilk bor ushbu davlatga ishga yuboriladi.
📝 Fransiyada kadr tanlash va bandligini ta’minlashga ixtisoslashgan tashkilot — “Sélect Recruiting Service” bilan nomzodlarni saralash va ishga joylashtirish bo‘yicha bitim imzolandi.
🎓 Ta’lim va ish integratsiyasi
📚 CFA AC Paris kompaniyasi bilan “ta’lim + ish” formatida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
📌 Fransiyada restoran sohasida o‘qish va ishlash imkoniyatini yaratish bo‘yicha dastur ishlab chiqiladi.
🏛 Kelishuvlarni amalga oshirish va tashkiliy-huquqiy masalalarni muvofiqlashtirish maqsadida Fransiya Respublikasining Tashqi ishlar, Ichki ishlar, Ta’lim vazirliklari mutasaddilari hamda “France Travail” davlat bandlik xizmati, CCI Île-de-France — Savdo-sanoat palatasi, AP-HP Parij davlat shifoxonalari xizmati bilan samarali muzokaralar o‘tkazildi.








