“NPS Personal xususiy bandlik agentligi" MChJning faoliyati tugatildi!
2026-04-15 16:45:00 / Yangiliklar

“NPS Personal xususiy bandlik agentligi"ga O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun 2023 yil 15 dekabrda berilgan 294921-sonli litsenziya ushbu xususiy bandlik agentligining 2026-yil 13-apreldagi 2556114-sonli arizasiga asosan tugatildi.
❗️“Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, ushbu MChJga fuqarolarni xorijga ishga joylashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish taqiqlanadi.
📌 Hurmatli fuqarolar!
Agar "NPS Personal xususiy bandlik agentligi" bilan bog‘liq murojaat yoki shikoyatlaringiz bo‘lsa, ularni joriy yil 30 aprelga qadar Migratsiya agentligiga taqdim etishingizni so‘raymiz.
☎️ Murojaat uchun: 71 202 33 55 (qisqa raqam 171, 711)
