BC TOIFADAGI HAYDOVCHILIK GUVOHNOMANGIZ BORMI?
2026-03-23 18:35:00 / E’lonlar

Migratsiya agentligi va Yaponiyaning "Proud Partners" kompaniyasi YAPONIYADA HAYDOVCHILIK sohasida ishga taklif qiladi!
📚 Asosiy talab — 2026-yil aprel oyida boshlanadigan Toshkent viloyati Angren shahridagi 8 oylik bepul o'quv kurslarida ishtirok etishga tayyor bo'lish! (bepul yotoqxona bilan ta'minlanasiz)
Ish o'rinlari: 200 ta (yuk yetkazib beruvchi haydovchi)
Tanlov o'tkazuvchi tashkilot: "Proud Partners" kompaniyasi (30-martdan 3-aprelgacha onlayn suhbat asosida)
Ish joyi manzili: Yaponiya bo'ylab.
Kimlar tanlovda qatnasha oladi?
🚗🚛 BC (C toifani olganiga 3 yil bo'lgan) toifadagi haydovchilik guvohnomasi bor, 21-35 yosh oralig'idagi haydovchilar;
🔗 Quyidagi havolada berilgan "Rozilik xati" shartlariga rozilik bildirganlar.
✅ Yapon tilini biladiganlarga ustunlik beriladi
💰Oylik maosh: 1200-2000 AQSh dollarigacha (ko'tarilishi ham mumkin);
Qo‘shimcha ish: belgilangan ish vaqtidan tashqari ishlangan soatlarda yanada yuqori daromad olish imkoniyati mavjud;
🎁 Bonus: ish unumdorligiga qarab yiliga 2 marta moddiy rag’batlantirish;
🕒 Ish jadvali: smenali ish (ish beruvchi kompaniyaga qarab farq qiladi);
🏠 Turar joy: ish beruvchi tomonidan beriladi va ish haqidan ushlab qolinadi (o'rtacha 200 AQSH dollari).
✅Imtiyozlar: Aviabilet xarajatlari qoplanadi, ishchi viza rasmiylashtiriladi (xarajat kompensatsiya qilinadi), tibbiy va ijtimoiy sug‘urta bilan ta’minlanadi;
🧮 Ovqatlanish xarajatlari xodim hisobidan.
❗️ Har bir nomzod Migratsiya agentligining XORIJDA ISH platformasidan ro‘yxatdan o‘tadi.
❗️ Talablarga to’g’ri keladiganlarga Migratsiya agentligi xodimi bog’lanadi va sms yuboriladi.
☎️ Murojaat uchun: 1282, 71 202-33-55 (ichki raqam 505)
Yaqinlaringizga tarqating!
So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!
