🌸 Aziz va mo‘tabar ayollar!
2026-03-08 08:10:00 / Yangiliklar
Sizlarni 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan Migratsiya agentligi jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz.

🌷 Sizlar oila farovonligi, farzandlar tarbiyasi va yurtimiz taraqqiyotida beqiyos o‘rin tutib kelmoqdasiz.
✨ Xorijda mehnat qilayotgan vatandoshlarimiz uchun ham onalar, rafiqalar va opa-singillarining duosi hamda qo‘llab-quvvatlashi eng katta tayanch bo‘lib xizmat qiladi.
Barchangizga sog‘liq, baxt-saodat va oilaviy xotirjamlik tilaymiz. Yurtimizdagi har bir xonadon sizlarning mehringiz bilan yanada nurli bo‘lib tursin.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
