EPS-TOPIK 2026!
2026-03-05 09:10:00 / E’lonlar

Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmatining O‘zbekistondagi “EPS” markazi tomonidan bu yil EPS-TOPIK testlari o'tkazilishi haqida xabar bergan edik.
🗓 EPS-TOPIK 2026 — onlayn ro‘yxatdan o‘tish 9–12 mart kunlariga rejalashtirilmoqda! (9-mart kuni havola va video yo'riqnoma beriladi)
🛂 E-9 viza (ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish)
Talablar:
▪️ Xorijga chiqish pasportiga ega Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi;
▪️18 yoshga toʻlgan (2008-yil 9-mart sanasidan oldin tugʻilgan) hamda 40 yoshga toʻlmagan (1986-yil 10-mart sanasidan keyin tug‘ilgan)
▪️ Oʻzbekistonda jinoiy javobgarlikka tortilmagan, sudlanmagan boʻlishi lozim.
📎 Roʻyxatdan oʻtish uchun nimalar kerak?
✔️ Xorijga chiqish pasportining sifatli rangli elektron shakldagi nusxasi (laminat qilingan tomoni, fayl hajmi 55kb dan 60kb (600x400 piksel) gacha JPG format);
✔️ 3,5x4,5 hajmdagi oq fonli sifatli rangli rasm (fon bilan ustki kiyimning rangi bir xil boʻlmasligi kerak, fayl hajmi 13kb dan 14kb (100x300 piksel) gacha JPG format);
✔️ Faol telefon raqami;
✔️ Koreya tomonidan belgilangan to'lov: 28 $ miqdorida so'm ekvivalenti (to'lov amalga oshirilayotgan kundagi Markaziy bank kursida)
⚠️ Migratsiya agentligi imtihonlardan muvaffaqiyatli oʻtgan fuqarolarni Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirishini kafolatlamaydi.
Til va kasbiy malaka testlaridan (skills) o'tganlar Koreyaning SPAS ish izlovchilar bazasiga kiritiladi va 2 yil davomida ish beruvchilar tanlovlarida qatnashadilar.
Yaqinlaringizga tarqating!
So‘nggi yangiliklardan XORIJDA ISH kanali orqali xabardor bo‘lib turing!
