Sertifikat, ish va huquqiy himoya: Turkiyada ishlamoqchi bo‘lganlarga yangi imkoniyatlar
2026-01-30 08:35:00 / Yangiliklar

Migratsiya agentligi Turkiyaning “Arya” tashkiloti bilan Bitim imzoladi.
Endi Toshkent, Namangan va Sirdaryo viloyatlarida 25 ta kasb bo‘yicha mutaxassislar turk standarti asosida baholanadi va sertifikat oladi.
Natijada:
2026-yilda 1 500 nafar sertifikatga ega mutaxassis Turkiyaning Mersin viloyatidagi “Akkuyu” AESda yuqori daromadli ish o‘rinlariga joylashtiriladi.


