Koreyada 2026-yil uchun eng kam ish haqi tasdiqlandi
2025-12-12 09:35:00 / Yangiliklar

✈️ “Ulsan shahriga malakali kadrlar tayyorlash" loyihasi ishtirokchilari hamda SPAS elektron bazasidan Koreya ish beruvchilari tomonidan tanlangan yana bir guruh yurtdoshlarimiz ushbu mamlakatning kemasozlik va ishlab chiqarish sohalarida faoliyat boshladilar.
🤝Kuzatish jarayonida Koreya Respublikasi Inson resurslarini rivojlantirish xizmatining O‘zbekistondagi “EPS” markazi rahbari Kim Hyun Sung ham ishtirok etib, yigitlarimizga omad tiladi!
Shuningdek, Koreya Respublikasi Bandlik va mehnat vazirligi 2026-yil, 1-yanvardan amal qiladigan eng kam ish haqi miqdorini rasman e’lon qildi.
💰 Yangi stavka:
⏱️ Soatiga — 10 320 von = 7,01$
🗓 Haftasiga 40 soat ish rejimi (주휴수당) bo‘yicha: oylik - 2 156 880 von = 1 464,64 $ (209 soat) bugungi kundagi kurs bo‘yicha 17 615 627,20 so‘m
📈 Farqlar: 2025-yilga nisbatan +290 von = 20 sent (2.9% o‘sish)
👉 So‘nggi yangiliklardan @uzmigration kanali orqali xabardor bo‘lib turing!
