“SMA systema xususiy bandlik agentligi" MCHJning faoliyati tugatildi!
2025-11-10 19:30:00 / Yangiliklar

“SMA systema xususiy bandlik agentligi"ga O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ish izlayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun 2025- yil 10-aprelda berilgan 710691-sonli litsenziya ushbu xususiy bandlik agentligining 2025-yil 5-noyabrdagi 1946216-sonli arizasiga asosan tugatildi.
❗️ “Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, ushbu MCHJga fuqarolarni xorijga ishga joylashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish ta’qiqlanadi.
📌 Hurmatli fuqarolar!
Agar "SMA systema" bilan bog‘liq murojaat yoki shikoyatlaringiz bo‘lsa, ularni joriy yil 20-noyabrga qadar Migratsiya agentligiga taqdim etishingizni so‘raymiz.
☎️ Murojaat uchun: 71 202 33 55 (qisqa raqam 711)
👉 So‘nggi yangiliklardan @uzmigration kanali orqali xabardor bo‘lib turing!
