“OʻZBEKISTON – 2030” STRATEGIYASI

“OʻZBEKISTON – 2030” STRATEGIYASI TAQDIMOTI
📊“Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan yangilangan “Oʻzbekiston–2030” strategiyasining eng muhim maqsadlarini aks ettiruvchi taqdimot tayyorlandi.
☝️Taqdimot infografikalaridan Strategiya doirasida 2030-yilgacha erishilishi koʻzda tutilayotgan eng ustuvor va asosiy samaradorlik koʻrsatkichlari oʻrin olgan.
Ushbu taqdimot “Oʻzbekiston–2030” strategiyasining mazmun-mohiyatini sodda va qulay shaklda tushunish imkonini beradi.
🔺Undan Hujjatning aniq maqsad va ustuvor vazifalari bilan tanishish hamda ularni keng jamoatchilikka yetkazishda, xususan, taqdimotlar, davra suhbatlari, seminar-treninglar va targʻibot tadbirlarida samarali foydalanish mumkin.
