Imom al-Buxoriy majmuasi hududida barpo etilayotgan mehmonxonalar holati o‘rganildi
2025-07-11 17:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Toir Alimatov Samarqand viloyatining Payariq tumanidagi Imom al Buxoriy majmuasi hududida bunyod etilayotgan mehmonxonalar qurilishining borishini o‘rgandi.
Loyiha doirasida hudud 6 ta lotga bo‘lingan. Har bir lotga alohida pudrat va loyiha tashkilotlari, shuningdek, moliyalashtiruvchi banklar biriktirilgan. O‘rganish davomida qurilish ishlarining holati, bajarilgan ishlarning sifat darajasi hamda loyiha hujjatlari ijrosi ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli tashkilot va pudratchilarga topshiriqlar berildi. Jumladan, qurilish jarayonlarini belgilangan muddatda va sifat talablariga muvofiq yakunlash, texnika hamda mehnat xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, energosamaradorlikka doir talablarga amal qilish zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek, qurilish ishlari ustidan tizimli nazorat olib borilishi lozimligi qayd etildi.



