"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Karmana tumani “Malik” MFY hududida
2025-03-15 12:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Prezidentimiz tomonidan joriy 2025-yilning "Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili" deb eʼlon qilinishi, mamlakatimizda ekologik barqarorlikni taʼminlashda muhim vazifalarni belgilab berdi.
Bugun erta tongdan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Karmana tumani “Malik” MFY hududida butun viloyat bo‘ylab kengaytirilgan sayyor videoselektor ko‘rinishidagi ko‘rgazmali daraxt ekish aksiyasiga start berildi.
Mazkur aksiyada Navoiy viloyat qurilish va uy-joy kommmunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi ham ishtirok etmoqda. Belgilab berilgan 2 gektar yer maydoni maxsus texnikalar yordamida ekishga hozirlandi, 30 mingta daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.
Aksiyada bosh boshqarma jamoasidan tashqari boshqaruv organlari ham jalb etilgan. Jarayon davom etmoqda.



