Murojaat oʻrganildi
2025-12-26 14:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Vazir oʻrinbosari Ozoda Jo’rayeva aholidan kelib tushgan murojaat asosida Chilonzor tumani “Sharov” mahallasida boʻldi.
Aholi mazkur mahallada faoliyat yurituvchi “Nodir kommunal” BSK faoliyatidan norozi boʻlib murojaat qilgan. Ammo masalaning yana bir tomoni bor. Ushbu koʻp qavatli uydagi mulkdorlarning debitor qarzdorligi bugungi kunda 200 mln soʻmdan ortiqni tashkil etadi.
Ozoda Jo’rayeva aholi bilan suhbatda ikki tomonning majburiyati va mas’uliyati haqida toʻxtaldi. Soha bugungi kunda toʻliq raqamlashyotgani, mulkdorlar oʻz mablag’lari qay maqsadda sarflanayotganini koʻrib turishlari mumkinligi, jamoatchilik nazoratini kuchaytirishda faol boʻlish kerakligi qayd etildi.
Shu bilan birga Ozoda Jo’rayeva kompaniya faoliyati bilan tanishdi. Dispetcherlik xizmatini kuchaytirish, tizimda boshqaruvchilarni emas, xizmat koʻrsatuvchilar sonini koʻpaytirish lozimligi ta’kidlandi. Shu bilan birga koʻp qavatli uylar yertoʻla, tom qismlaridagi mavjud muammolarni bartaraf etish boʻyicha aniq muddat belgilandi


