O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati
2025-12-08 09:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Hurmatli yurtdoshlar!
Barchangizni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan samimiy qutlayman!
Mamlakatimiz rivoji, xalqimiz farovonligining kafolati va poydevori bo‘lgan Bosh qomusimiz yuksak faxrimizdir.
Sizlarga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik, fayz-u baraka tilayman. Vatanimiz taraqqiyoti yo‘lidagi xayrli ishlaringizda omad yor bo‘lsin!
Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri Sherzod Hidoyatov
