Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi (Rasmiy munosabat)
2025-12-10 17:50:00 / Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan "Bektemir tumanidagi "Musaffo maskan" turar joy majmuasidagi uylarda isitish tizimi deyarli ishlamayapti" mavzusidagi murojaat joyida o'rganib chiqildi.
Bektemir tumani "Yangi Oʻzbekiston" massividagi uylar 2025-yilning 2-choragida foydalanishga topshirilgan boʻlib, mazkur turar joylar markazlashgan issiqlik taʼminotiga ulangan.
Ijtimoiy tarmoqlarda aks etgan 24-uydagi holat texnik xizmat ko’rsatish ishlari olib borilayotgan vaqtga to'g'ri kelgan, muammo shu kunning oʻzidayoq "Veoliya Energy Tashkent" tashkiloti mutaxassislari tomonidan bartaraf etilgan.
Hozirda barcha uylarda issiqlik taʼminoti me’yoriy holatda. Shuningdek, mazkur uylarda isitish zamonaviy individual isitish punkti orqali ta’minlanadi.
Eslatib o‘tamiz, individual isitish punkti energiya samarador, xavfsiz va zamonaviy texnologiya hisoblanadi. Tizim barqaror ish rejimiga o‘tgach, bunday nosozliklar kuzatilmasligi ma’lum qilindi.
