Global Yashil Rivojlanish Instituti va KOICA bilan hamkorlik loyihasi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi
2025-11-28 18:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida Global Yashil Rivojlanish Instituti (GGGI) hamda Koreya Xalqaro Hamkorlik Agentligi (KOICA) vakillari bilan O‘zbekistonning Parij kelishuvi doirasidagi majburiyatlarini bajarishni kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida binolar, isitish va sovutish tizimlari, kommunal xizmatlar infratuzilmasi hamda issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilindi. Shuningdek, amaldagi siyosat va strategiyalar, MRV ma’lumotlari holati, mavjud bo‘shliqlar hamda sohada salohiyatni oshirish ehtiyojlari ko‘rib chiqildi.
Tomonlar Parij kelishuvining 6-moddasi bo‘yicha hamkorlik mexanizmlarini rivojlantirish, kelgusida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan pilot tashabbuslarni belgilash va KOICA tomonidan ishlab chiqilayotgan loyiha konsepsiyasini takomillashtirish yuzasidan fikr almashdi.
Uchrashuvda vazirlikning tegishli boshqarmalari va bo‘limlari mas’ullari ishtirok etdi.


