Respublika arxitektura va shaharsozlik Kengashining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi
2025-11-20 16:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Bugun “O’zshaharsozlik LITI” binosida Respublika arxitektura va shaharsozlik Kengashining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi. Bunda “O’zshaharsozlik LITI” hamda "ToshkentboshplanLITI" davlat muassasalari mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan quyidagi shahar va shaharchalarning bosh reja va batafsil rejalashtirish loyihalari muhokama qilindi.
1. Navoiy viloyati, Nurota tumani, Yangibino shahri
2. Jizzax viloyati, Zomin tumani, Zomin shaharchasi
3. Toshkent viloyati, Ohangaron tumani, Yonariq shaharchasi
4. Toshkent viloyati, Yangiyoʻl tumani, Yangiyoʻl shahri
5. Samarqand viloyati, Samarqand shahrining bosh rejasi kabilar ko'rib chiqildi


