E’LON!
2025-11-20 15:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Loyiha tashkilotlari diqqatiga! Sizni “Buxoro tarixi, buguni va kelajagi” shiori ostida o‘tkaziladigan “Arxitektorlar, muhandis quruvchilar va dizaynerlarning xalqaro festivali” doirasidagi ilmiy-texnik konferensiyada ishtirok etishga taklif etamiz.
Mazkur festival 2025-yil 21–22-noyabr kunlari Buxoro davlat texnika universitetida bo‘lib o‘tadi.
Tadbirning asosiy maqsadi Respublikamiz, jumladan, Buxoro viloyatida ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, mavjud hududlardagi arxitekturaviy va obodonlashtirish masalalariga ilmiy yondashuvni kengaytirishdir. Shuningdek, konferensiya yosh olimlar, izlanuvchilar va talabalarni ilmiy faoliyatga yo‘naltirish, ularda innovatsion fikrlash, yangi g‘oya va tashabbuslarni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Tadbirda barcha mutaxassislar, olimlar, yosh tadqiqotchilar va talabalarning faol ishtiroki kutiladi.
Murojaat uchun: (91) 014-02-59
