BRIFING
2025-11-07 17:00:00 / Matbuot anjumanlari

Oʻzboshimchalik bilan qurilgan bino va inshootlarni aniqlash va bartaraf etishda davlat arxitektura nazoratini amalga oshirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar haqida maʼlumot.
Davlat arxitektura nazorati departamenti tomonidan 333 ta oʻzboshimchalik bilan qurilgan bino va inshootlar aniqlanib, shundan 75 tasiga maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan, 258 tasiga nisbatan maʼmuriy jazo choralari qoʻllanilgan.
*Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida oʻzboshimchalik bilan qurilgan bino va inshootlarni aniqlash hamda bartaraf etishga oid avtomatlashtirilgan tizim yaratildi.
*Ushbu tizim Adliya vazirligining “Notarius”, Ichki ishlar vazirligining “E-maʼmuriy ish”, Oliy sudning “Adolat”, Kadastr agentligining “UzKad” axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan.
*Bugungi kunda vazirlikning Davlat arxitektura nazorati departamenti hamda tuman va shahar boʻlimlari xodimlari 232 ta maxsus planshetlar bilan taʼminlangan.
*Mazkur tuzilmalar xodimlari attestatsiyadan oʻtkazilib, ularga maxsus guvohnoma taqdim etildi.
