Milan bilan hamkorlik: Jizzax za’faroni Yevropada yangi marralarga chiqmoqda
2025-10-21 12:20:00 / Yangiliklar

Suhbat avvalida tomonlar so‘nggi yillarda o‘zaro manfaatli hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan ta’kidladilar. Ayniqsa, Jizzax viloyatining Baxmal tumanida za’faron o‘simligini yetishtirish, uni qayta ishlash va eksport qilishga qaratilgan qo‘shma investitsion loyiha samarali yo‘lga qo‘yilgani alohida qayd etildi.
Roberto Tucci yaqinda za’faron plantatsiyalari maydoni 820 gektargacha kengaytirilganini yuqori baholab, bu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar Yevropa bozorida O‘zbekiston brendining nufuzini oshirayotganini ta’kidladi.
O‘z navbatida, Bekzod Mamatqulov 2027-yil yakuniga qadar plantatsiyalar maydonini 2000 gektargacha kengaytirish rejalashtirilganini, bu esa minglab yangi ish o‘rinlari va eksport hajmining sezilarli oshishiga xizmat qilishini bildirdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar “BMB Za’faron” mahsulotlari eksport geografiyasini kengaytirish, shuningdek, “ORO ROSSO MILANO” qo‘shma korxonasida za’faronli mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish orqali ishlab chiqarish jarayonlarini yanada jadal sur’atlarda rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.
