Videoreportaj: Jizzax shahrida ilk yirik MALL — “KO‘K SAROY” o‘z faoliyatini boshladi
2025-10-13 09:00:00 / Yangiliklar

Qurilish maydoni umumiy 3,5 gektarni tashkil etadi. Loyihaning birinchi bosqichi doirasida 25 ming kvadrat metr yer maydonida savdo va maishiy xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan zamonaviy savdo-kompleks barpo etildi.
Binoning 1–3-qavvatlarida 300 ta savdo do‘koni faoliyat yuritadi. 4-qavvatda esa 5 ta savdo shoxobchasi, 10 ta umumiy ovqatlanish nuqtasi hamda 30 xil attraksionni o‘z ichiga olgan 10 ta bolalar o‘yingohlari tashkil etilgan.
Shuningdek, savdo markazida qo‘shimcha ravishda 20 ga yaqin zargarlik do‘konlari joylashtirilib, qimmatbaho toshlar, zamonaviy dizayndagi tilla-kumush mahsulotlari jamlangan.
Kompleks atrofida 1 gektar yer maydonida 800 ta yengil avtomobil sig‘adigan zamonaviy avtoturargoh qurib bitkazilgan. Bu fuqarolar va tashrif buyuruvchilar uchun katta qulaylik yaratadi.
Loyiha doirasida 500 ga yaqin yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil etildi. Bu esa 850 nafar fuqaroning ish bilan ta’minlanishiga xizmat qilmoqda, ular orasida 100 nafarga yaqin ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar vakillari ham bor.
Kompleks faoliyati natijasida yillik 223,2 milliard so‘mlik xizmat ko‘rsatish hajmi ta’minlanishi, shundan o‘rtacha 4 foiz soliq tushumlari hisobidan har oy 750 million so‘m, yillik esa 9 milliard so‘m qo‘shimcha mablag‘ mahalliy budjetga yo‘naltirilishi kutilmoqda.
Loyihaning ikkinchi bosqichida esa 3,6 gektar (11 ming kvadrat metr qurilish maydoni) yerda 1000 ta savdo shoxobchasini o‘z ichiga olgan 3 qavatli “Eko bozor” qurilishi rejalashtirilgan.
Ushbu bosqich tugallangandan so‘ng 2400 nafar yangi ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan. Hozirgi paytda qurilish ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda.
Jizzax shahrida barpo etilgan “KO‘K SAROY RESIDENT CITY” savdo-kompleksi ochilishi doirasida aholi uchun konsert dasturlari namoyish etildi.





