Paxtakor tumanida noqonuniy reklama bannerlari olib tashlanmoqda
2025-03-17 10:00:00 / Yangiliklar

Tartibga solish ishlari doirasida rasmiy ruxsatnomasiz o‘rnatilgan bannerlar aniqlanib, savdo do‘konlari egalari ularga tegishli hujjatlarning yo‘qligi sababli noqonuniy o‘rnatilgan reklamalar olib tashlanmoqda.
Bu jarayon hududning tashqi qiyofasini yaxshilash va noqonuniy reklama vositalaridan tozalash maqsadida amalga oshirilmoqda.
Mutasaddi idoralar noqonuniy reklamalarni bartaraf etish ishlari davom ettirilishini va barcha tadbirkorlar qonuniy talablarni bajarishi kerakligini ta’kidlamoqda.
Shu bilan birga, rasmiy ruxsatnoma asosida o‘rnatilgan reklama vositalariga hech qanday cheklov qo‘yilmaydi.
Hududda tadbirkorlik faoliyatini olib borayotgan do‘kon egalari tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish uchun mahalliy hokimiyat va reklama bo‘limlariga murojaat qilishlari maqsadga muvofiqdir.



