Jizzax viloyati hokimiga yangi oʻrinbosar tayinlandi
2024-12-16 16:45:00 / Yangiliklar
Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyevning tegishli qarori bilan Normurodova Gulnora Ikromovna Jizzax viloyati hokimining oʻrinbosari - Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Gulnora Normurodova 1985-yilda Jizzax tumanida tugʻilgan.
U mazkur tayinlovga qadar Savdo sanoat palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari lavozimida faoliyat olib borayotgan edi.
Eslatib oʻtamiz, 2018-yildan 2024-yilgacha viloyat hokimining oʻrinbosari-Oila va xotin qizlar boshqarmasi boshligʻi boʻlib ishlab kelgan Muxtorova Nazira Abdusattorovna Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga saylandi.
