“QATAGʻON QURBONLARI XOTIRASI” MUZEYI
2024-10-10 09:45:00 / Yangiliklar
2018-yilda Jizzax shahrida “Qatagʻon qurbonlari xotirasi” muzeyi tashkil etildi.
Muzey ekspozitsiyasi 8 ta boʻlimdan iborat boʻlib, ularda hududning Chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi, mahalliy xalqning erk va hurriyat uchun kurashi (1868–1900), milliy uygʻonish harakati (1901–1917), Turkiston Muxtoriyatining tugatilishi va viloyatda bolsheviklar hokimiyatining oʻrnatilishi (1917–1929), sovetlar davri qatagʻon qurbonlari (1929–1936), 1937-1938-yillardagi “Katta qirgʻin”, 1940-1950-yillardagi siyosiy qatagʻonlar,1980-yillardagi “Paxta ishi” qatagʻoni, Mustaqillik yillarida tarixiy adolatning tiklanishi, qatagʻon qurbonlari xotirasining abadiylashtirilishi, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va rivojlantirish yoʻlida amalga oshirilgan tarixiy ishlar oʻz aksini topgan.