1950–1980-YILLARDA JIZZAX
2024-09-13 09:50:00 / Yangiliklar
1946–1985-yillarda hozirgi Jizzax viloyati hududida sanoat, togʻ-kon metallurgiya va qishloq xoʻjaligi sohalari rivojiga alohida eʼtibor qaratildi.
Jumladan, 1951-yilda Jizzax viloyati Forish tumanida Uchquloch rangli metallar koni kompleks usullar yordamida oʻrganilib, Pistali, Qoʻshqura, Uzoq, Markaziy, Sharqiy va boshqa qoʻrgʻoshin, rux, mis konlari topildi va oʻzlashtirishga kirishildi.
Jizzax–Uchquloch oʻrtasida gaz quvuri, avtomobil va temir yoʻllari qurilib, Uchquloch togʻ jinslarini Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga tashib keltirish, ulardan qoʻrgʻoshin, rux, mis ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Uchquloch rangli metallar konining kengaytirilishi natijasida Uchquloch va Band posyolkalari vujudga keldi.