Videoreportaj: Do‘stlik tumanida g‘alla o‘rimi mavsumiga start berildi
2026-06-01 09:25:00 / Yangiliklar

Joriy yilda tumanda 14 ming 700 gektar maydonga g‘alla ekilib, 150 ming tonnadan ortiq hosil yetishtirish rejalashtirilgan.
Mavsumni uyushqoqlik bilan o‘tkazish maqsadida 22 ta o‘rim otryadi shakllantirilib, ularga 65 ta zamonaviy kombayn biriktirildi. Shuningdek, hosil tashish ishlariga 300 ga yaqin transport vositasi jalb etilmoqda.
G‘alla o‘rimini birinchi bo‘lib Umrzoq Mamatqulov fermer xo‘jaliklari hududiy uyushmasi tarkibidagi “Inoyatulla” fermer xo‘jaligi boshlab berdi. Ayni paytda don o‘rimi zamonaviy texnika yordamida jadal sur’atlarda olib borilmoqda.
Fermerlarning mehnati samarasi o‘laroq ayrim maydonlarda har gektardan o‘rtacha 90 sentnergacha hosil olinmoqda.
📹 Batafsil — videolavhada tomosha qiling.
