Videoreportaj: Sharof Rashidov tumanida pilla terimi boshlandi
2026-05-12 16:00:00 / Yangiliklar
Sharof Rashidov tumanida joriy yilgi pilla terimi mavsumiga start berildi.

Dastlabki terim ishlari “Qorayontoq” mahallasidagi xonadonlarda tashkil etildi.
Mavsumda mahalla ahli, ayniqsa xotin-qizlar faol ishtirok etib, hamjihatlik namunasini ko‘rsatmoqda. Xonadonlarda parvarish qilingan ipak qurtlaridan sifatli pilla hosili olinmoqda.
Tumanda jami 2767 quti ipak qurti parvarishlanib, 150 tonna pilla yetishtirish rejalashtirilgan. Shuningdek, pillachilik orqali 8 mingdan ortiq xotin-qizlar bandligi ta’minlanmoqda.
📹 Batafsil — videolavhada tomosha qiling
