Videoreportaj: Zafarobodda yangilangan tibbiyot bo‘limi ochildi
2026-05-12 15:00:00 / Yangiliklar
Zafarobod tumanida tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli Yuqumli kasalliklar bo‘limi to‘liq ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi.

Tadbirda tuman rahbarlari, nuroniylar va tibbiyot xodimlari ishtirok etdi. Tuman hokimi G‘ayratjon Eshpulatov yaratilgan sharoitlar aholi salomatligini muhofaza qilishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
Ta’mir jarayonida binolar yangilanib, isitish tizimi modernizatsiya qilindi, geliokollektorlar o‘rnatildi. Palatalar va davolash xonalari zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlandi.
Yangi sharoitlar tuman aholisiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini yanada kengaytirdi.
📹 Batafsil — videolavhada tomosha qiling
