BMB HOLDING Jizzaxda yetishtiriladigan va qayta ishlanadigan mahsulotlarini Gonkongdagi xalqaro ko‘rgazmada namoyish etdi
2026-05-08 09:10:00 / Yangiliklar

Ushbu nufuzli tadbir O‘zbekistonning eksport salohiyatini namoyish etish hamda xalqaro bozorlarga kirib borish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.
Ko‘rgazmada BMB Za’faron brendi mahsulotlari hamda chuqur qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari taqdim etilib, ishtirokchilar tomonidan yuqori baholandi.
BMB HOLDING ekspozitsiyasiga xorijiy ishbilarmon doiralar va investitsiya kompaniyalari vakillari tashrif buyurib, mahsulot sifati, ishlab chiqarish standartlari hamda eksport salohiyati bilan tanishdilar.
Tadbirga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Aripov hamda XXR Gonkong maxsus ma’muriy hududi rahbari Jon Li Ka-Chyu tashrif buyurib, savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish muhimligini ta’kidladilar.
