Videoreportaj: Zominda xotin-qizlar tadbirkorligida Mohira Yo‘ldasheva singari insonlar muvaffaqiyat, tashabbus va yangi imkoniyatlar timsoliga aylanmoqda
2026-05-07 10:00:00 / Yangiliklar
Zomin tumanida xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash va bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar izchil davom etmoqda.

G‘afur G‘ulom mahallasida yashovchi Mohira Yo‘ldasheva ana shunday imkoniyatlardan samarali foydalanib, “Mohira pardalari” brendi ostida tikuvchilik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan. U nafaqat o‘z daromadini oshirmoqda, balki boshqa xotin-qizlar uchun ham ish o‘rinlari yaratmoqda.
18 yillik tajribaga ega tadbirkor bugungi kunda ishsiz xotin-qizlarni kasbga o‘rgatib, ularning bandligini ta’minlashga hissa qo‘shmoqda. Uning sa’y-harakatlari tufayli ko‘plab ayollar yangi imkoniyatlarga ega bo‘lmoqda.
Bu kabi tashabbuslar ayollarning iqtisodiy faolligini oshirish va farovon turmushini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
📹 Batafsil — videolavhada tomosha qiling
