Videoreportaj: Jizzaxdan Haj safariga ziyoratchilar kuzatildi
2026-05-06 09:15:00 / Yangiliklar
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar hamda Saudiya Arabistoni bilan erishilgan kelishuvlar natijasida yurtimiz fuqarolari uchun Haj ibodatini ado etish imkoniyatlari kengaymoqda.

Jizzax viloyatida hojilarni kuzatish marosimi tashkil etilib, jami 13 ta guruhda 650 nafar yurtdoshimiz muqaddas safarga yo‘l oldi. Jizzax shahridagi Qaliya masjidida 350 nafar ziyoratchi tantanali ravishda kuzatildi.
Ziyoratchilar avval Toshkent orqali Madina shahriga yo‘l olib, u yerda 30 kun davomida ibodat va ziyorat amallarini ado etadilar. Safar ishtirokchilari uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.
📹 Batafsil — videolavhada tomosha qiling
