Xitoylik investorlar bilan yangi kelishuvlar imzolandi
2026-05-01 10:00:00 / Yangiliklar

Unda xitoylik investorlar tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar atroflicha muhokama qilinib, jumladan, Jizzax viloyatidagi amaliy loyihalar va mavjud muammolar yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv davomida Jizzax viloyati hokimligi tomonidan bir qator yangi investitsiya loyihalari bo‘yicha hamkorlik memorandumlari imzolandi. Xususan, “YUTONG BUS CO., LTD.”, “Xinjiang Boshiran Intelligent Agricultural Machinery Co., Ltd” hamda “Jiangsu Guangtongdi Holding Group Co., Ltd.” kompaniyalari bilan kelishuvlarga erishildi.
Kunning ikkinchi yarmida esa Xitoyning yirik kompaniyalaridan biri bilan Jizzax viloyatida shaharsozlik va renovatsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi. Ushbu loyihalar doirasida zamonaviy turar-joy majmualari va infratuzilma obyektlarini barpo etish rejalashtirilmoqda.
Muzokaralar yakuniga ko‘ra, xitoylik hamkorlarning joriy yil may oyida Jizzax viloyatiga tashrif buyurishi hamda loyihalarni amaliy bosqichga o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.





