Videoreportaj: Jizzaxda mini futbol musobaqasi o‘tkazildi
2026-04-22 08:40:00 / Yangiliklar
Jizzax viloyatida sportni ommalashtirishga qaratilgan ishlar doirasida Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi tashabbusi bilan mini futbol musobaqasi o‘tkazildi.

Unda boshqarma, G‘aznachilik, Pensiya jamg‘armasi hamda shahar va tumanlar bo‘limlaridan jami 16 ta jamoa ishtirok etdi.
Musobaqani boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Behzodjon Axmedov ochib berdi. Qizg‘in bellashuvlar yakuniga ko‘ra, 1-o‘rinni Jizzax viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi jamoasi, 2-o‘rinni Sharof Rashidov tumani bo‘limi, 3-o‘rinni esa G‘aznachilik boshqarmasi jamoasi qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, Zafarobod tumani jamoasi faol ishtiroki uchun taqdirlandi. Musobaqa xodimlar o‘rtasida jamoaviylik va sog‘lom turmush tarzini mustahkamlashga xizmat qildi.
📹 Batafsil — videolavhada tomosha qiling
